Aviator savdo markazida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan jinoiy ish ochildi
Tergov "mansab vakolatini suiisteʼmol qilish" va "yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish" moddalari boʻyicha olib borilmoqda.

Toshkentdagi Aviator savdo markazida sodir boʻlgan yirik yongʻin yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Tergov "mansab vakolatini suiisteʼmol qilish" va "yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish" moddalari boʻyicha olib borilmoqda.
Yongʻin 31 yanvar kuni Yashnobod tumanida joylashgan savdo majmuasining ikkinchi qavatida chiqqan. U yerda bolalar uchun moʻljallangan maydoncha va ovqatlanish shoxobchalari joylashgan boʻlgan.
Birinchi qavatdagi supermarket yongʻindan zarar koʻrmagan.
Fojia oqibatida vayronalar ostida 2 yosh 7 oylik qizchaning jasadi topildi. Guvohlarning aytishicha, yongʻin vaqtida ikkinchi qavatda signalizatsiya va yongʻin oʻchirish tizimlari ishlamagan, evakuatsiya chiqish joyi esa yopiq boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, yongʻin 31 yanvar kuni yuz berdi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.