Abdulaziz Soliyev soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
Bunga qadar u Hisob palatasida nazorat markazi rahbari lavozimida ishlagan.

Soliyev Abdulaziz Soli oʻgʻli soliq qoʻmitasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Hisob palatasi Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Otabek Rahmonov bosh vazir maslahatchisi etib tayinlangandi. Bahodir Normurodov esa bosh prokurorning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
