platina.uz
Siyosat

Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekistonga keladi

Ular Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Prezidentning strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov bilan muzokaralar olib boradi. 

Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekistonga keladi

Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda "Sinxua" xabar berdi.

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi va Chinese Academy of Social Sciences prezidenti Gao Syan boshchiligidagi delegatsiya seshanbadan shanbagacha Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

Tashrif doirasida Xitoy delegatsiyasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Rahim Hakimov hamda Prezidentning strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov bilan muzokaralar olib boradi.

Uchrashuvlarda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish, boshqaruv tajribasi almashish va ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid