platina.uz
Jahon

Tramp Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan yaqinlashuviga keskin munosabat bildirdi

Britaniya bosh vazirining Xitoyga tashrifi davomida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Tramp esa uni "jiddiy xatar"dan ogohlantirdi. 

Tramp Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan yaqinlashuviga keskin munosabat bildirdi

Tramp Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan yaqinlashuvini tanqid qildi.

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish Gʻarb davlatlari, jumladan Buyuk Britaniya va Kanada uchun jiddiy xatarlar tugʻdirishi mumkin.

AQSh prezidenti Buyuk Britaniya bosh vaziri ser Kir Starmer Xitoy Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi, Buyuk Britaniya va Xitoy oʻrtasida biznes hamda investitsiyalarni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlarga keskin munosabat bildirdi.

Buyuk Britaniya biznes vaziri Kris Brayant Trampning fikrlarini notoʻgʻri deb baholab, “ochigʻi, Buyuk Britaniya uchun Xitoyning jahon sahnasidagi mavjudligini eʼtiborsiz qoldirish tentaklik boʻlar edi”, dedi.

Biznes vaziri, shuningdek, Trampning oʻzi ham aprel oyida Xitoyga tashrif buyurishi rejalashtirilganini eslatdi.

AQSh prezidentidan jurnalist: “Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan biznes qilishiga qanday qaraysiz?” — deb soʻradi.

Qisqa izohlaridan soʻng Tramp Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan hamkorligi haqida boshqa gapirmadi va mavzuni Kanadaga burib, unga nisbatan ham shunga oʻxshash ogohlantirish berdi.

Uning aytishicha, bu “Kanada uchun yanada xavfliroq”.

“Kanadaning ahvoli yaxshi emas. Ular juda yomon ahvolda, va Xitoyni yechim sifatida koʻrib boʻlmaydi”, — dedi Tramp.

Avvalroq AQSh prezidenti Kanada bosh vaziri Mark Karni Pekinga qilgan soʻnggi tashrifi chogʻida Xitoy bilan tuzilgan iqtisodiy kelishuvlar amalga oshirilsa, Kanadaga bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan edi.

Xitoy va Buyuk Britaniyaning yangi aloqalari

Xitoydagi Britaniya Savdo palatasi raisi Kris Torrens ser Kirning Pekinga tashrifini “muvaffaqiyatli” deb baholadi.

BBCʼga bergan intervyusida “Buyuk Britaniya uchun Xitoyga yuzlanish mantiqiy, chunki u yirik savdo hamkorlaridan biri”, dedi. Torrensning qoʻshimcha qilishicha, boshqa Gʻarb yetakchilari ham yaqinda Pekinga borgan yoki yaqin orada borishni rejalashtirmoqda.

“AQSh ehtimol Xitoy bilan kelishuv qilayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar va bojlar joriy etayotgandir, ammo oʻzi ham Xitoy bilan kelishuvga borishi mumkin. Hatto biz buni joriy yilning oʻzida kutyapmiz”, — dedi u BBCʼga.

Britaniya bosh vazirining Xitoyga tashrifi davomida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, vizasiz sayohat va viski bojlarini kamaytirish boʻyicha bitimlar, shuningdek, AstraZeneca kompaniyasining Xitoyda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish uchun 10,9 milliard funt sterling miqdoridagi investitsiyasi eʼlon qilindi.

Uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan kelishuv doirasida Buyuk Britaniya va Xitoy odam savdogarlarining taʼminot yoʻllarini aniqlash uchun razvedka maʼlumotlari bilan oʻrtoqlashadi.

Biznes va savdo vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilda AQSh Buyuk Britaniyaning eng yirik savdo hamkori boʻlgan, Xitoy esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid