platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi "Aviator Korzinka" binosida yongʻin yuz berdi

Binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan. Ushbu yongʻin Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov boshchiligida bartaraf qilinmoqda. 

Toshkentdagi "Aviator Korzinka" binosida yongʻin yuz berdi

Yashnobod tumanida "Korzinka" yonib ketdi.

Bugun, 31 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent koʻchasida joylashgan "Aviator Korzinka" binosi yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar qilingan.

Shunga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yongʻin oʻchirish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Ushbu yongʻin Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida bartaraf qilinmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid