platina.uz
Jamiyat

Qorakoʻldagi uyda gaz portladi

Hodisa sabab ikki kishi jarohatlangan, halok boʻlganlar yoʻq. 

Qorakoʻldagi uyda gaz portladi

Qorakoʻldagi uyda gaz portladi. Ikki kishi jarohatlangan.

Bugun, 31 yanvar kuni Buxoro viloyati, Qorakoʻl tuman "Tinchlik" MFY “Shoʻrobod” koʻchasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida chaqnash sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok boʻlganlar yoʻq.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid