Oʻzbekiston fuqarosi Janubiy Koreyadagi yongʻinda bedarak yoʻqoldi
Yongʻin nam salfetkalar va tagliklar ishlab chiqaradigan zavodda chiqqan. Hozirgacha 81 kishi qutqarildi.

Janubiy Koreyada yongʻin: bedarak yoʻqolganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi ham bor.
Hodisa vaqtida korxonada 83 kishi boʻlgan, 81 nafari evakuatsiya qilingan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Janubiy Koreyaning Shimoliy Chxunchxon provinsiyasida joylashgan zavodda yuz bergan yongʻindan soʻng Oʻzbekiston va Nepal fuqarolari bedarak yoʻqolgan.
Yonhap agentligining xabar berishicha, hodisa 30 yanvar kuni ertalab sodir boʻlgan.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, yongʻin paytida korxonada 83 kishi boʻlgan. Qutqaruvchilar 81 nafar ishchini evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻlgan. Yana ikki kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.
Yongʻin nam salfetkalar va tagliklar (pampers) ishlab chiqaradigan zavodda chiqqan. Ishlab chiqarish jarayonida portlovchi materiallardan foydalanilmagani aytilmoqda.
Yongʻinni oʻchirishga jami 105 nafar xodim, 56 ta texnika va toʻrtta vertolyot jalb etilgan. Oʻt oqshomga kelib toʻliq oʻchirilgan.
Hozirda qutqaruv xizmatlari yongʻin sabablarini aniqlash va yetkazilgan zararni baholash ustida ishlamoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.