platina.uz
Sport

Bahodir Qurbonov OʻFA raisligiga qayta saylandi

U tadbirda korrupsiya masalasiga toʻxtaldi. "Biz futbolga oʻz qarindoshimizni olib kirib, boshqa isteʼdodlini koʻkragidan itardikmi, degan savolga javob berishimiz kerak", dedi OʻFA raisi. 

Bahodir Qurbonov OʻFA raisligiga qayta saylandi

30 yanvar kuni Toshkentda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining (OʻFA) navbatdagi hisobot-saylov kongressi boʻlib oʻtdi.

Kongress yakunlariga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov delegatlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan OʻFA prezidenti lavozimiga qayta saylandi. U ushbu lavozimda 2025 yil fevral oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Bahodir Qurbonov tadbirda korrupsiya masalasini koʻtardi.

"Biz futbolda oʻz qarindoshimizni olib kirib, boshqa isteʼdodlini koʻkragidan itardikmi, degan savolga javob berishimiz kerak. Oʻzbek futbolida korrupsiya omili boʻlmasa, futbolchi yetishtirishda, xalqaro maydonda oʻzbek gʻururini namoyish qilishda muvaffaqiyatga erishamiz", dedi u.

Oʻz navbatida Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti, Odil Ahmedov esa vitse-prezident lavozimini saqlab qoldi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid