platina.uz
Jamiyat

"Uzum Market" tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etildi

Mijoz marketpleys orqali “MacBook M3 8/512” noutbukka  pul toʻlab buyurtma qilgan, ammo unga boshqa tovar yetkazilgan. 

"Uzum Market" tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan murojaatlar oʻrganildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilgan 100 dan ortiq murojaatlarda “Uzum Market” MChJ XK tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarda: ilovalarning yaxshi ishlamasligi, buyurtmalarni muddatida yetkazmaslik yoki unda xatolikka yoʻl qoʻyilayotgani, yetkazilgan tovarlardagi nuqsonlar va shartnomalarni bekor qilishdagi muammolar bildirilgan. Ushbu holatlar Raqobat qoʻmitasi tomonidan nazoratga olinib, ijobiy hal etish choralari koʻrildi.

Jumladan, notoʻgʻri mahsulot yetkazilgan holat boʻyicha fuqaroga pul qaytarildi
Qoʻmita “Uzum Market” orqali “MacBook M3 8/512” noutbukka pul toʻlab buyurtma qilgan, ammo unga boshqa tovar yetkazilgani haqidagi murojaatni oʻrgandi.

Aniqlanishicha, mahsulot narxi notoʻgʻri koʻrsatilgani muammoga sabab boʻlgan. Fuqaroga arzonroq tovar taklif etilgan yoki pulini qaytarish bildirilgan. Oʻrganish natijasida unga toʻlangan 16 mln 450 ming soʻm mablagʻ toʻliq qaytarib berilishi taʼminlandi.

1-guruh nogironligi boʻlgan fuqaroga nogironlik aravasi yetkazildi
Qoʻmita ijtimoiy himoya agentligi tomonidan vaucher berilganiga qaramay, fuqaroga nogironlik aravasi yetkazilmayotgani yuzasidan murojaatni koʻrib chiqdi. Buyurtma bir necha marta sababsiz bekor qilingani va faqat 15 ming soʻmlik promokod berilgani aniqlandi. Oʻrganish natijasida arava “Uzum Market” tomonidan yetkazib berilishi taʼminlandi.

Fuqaroga nosoz changyutgichni toʻlovi qaytarildi
Qoʻmitaga qoldirilgan murojaatda “Uzum Market”dan onlayn xarid qilingan changyutgich nosozligi sabab fuqaro shartnomani bekor qilish va toʻlovni qaytarishni soʻragan. Oʻrganishlar asosida shartnoma bekor qilinib, 1 mln 170 ming soʻmdan ortiq mablagʻ fuqaroga qaytarildi.

Kechikkan buyurtma masalasi hal etildi
Qoʻmita fuqaroning 3 ta mahsulotdan iborat buyurtmasi belgilangan muddatda yetkazilmagani boʻyicha oʻrganish oʻtkazdi. Changyutgich, uyali telefon va boshqa tovarlar 4 kun kechiktirilgani aniqlanib, “Uzum Market” tomonidan ularning yetkazilishi taʼminlandi.

Payvandlash uskunasi boʻyicha muammo bartaraf etildi
Qoʻmita fuqaro sotib olingan payvandlash uskunasi reklamasi va amaldagi texnik imkoniyatlari oʻrtasida farqi borligi aniqlangan. Oʻrganishdan soʻng 860 ming soʻmlik toʻlov “Uzum Market” tomonidan toʻliq qaytarilishi taʼminlandi.

Fuqaroga toʻgʻri oʻlchamdagi kiyimlar yetkazib berildi
Buyurtma qilingan choʻmilish kiyimlari oʻlchami mos kelmagani sabab qaytarilgan. Qoʻmita soʻrovi asosida holat oʻrganilib, fuqaroga oʻz vaqtida toʻgʻri oʻlchamdagi tovar qayta yetkazib berildi.

Ikki marta yechilgan toʻlov xaridorni sim kartasiga oʻtkazildi
Qoʻmita murojaat asosida olib borgan oʻrganishlarida fuqaroning kartasidan bir xarid uchun ikki marta mablagʻ yechilgani aniqlandi. Oʻrganish natijasida asossiz yechilgan 51 600 soʻm xaridorga qaytarildi.

Poyabzal uchun toʻlangan mablagʻ toʻliq qaytarildi
Qoʻmitaga ayollar poyabzali oʻlchami mos kelmagani, uni almashtirishdagi muammo yuzasidan murojaat kelib tushgan. Murojaat oʻrganilib, 165 000 soʻm isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berilishi taʼminlandi.

Nosoz konditsioner toʻlovi isteʼmolchiga undirib berildi
Qoʻmita fuqaroning xarid qilgan “Aux” konditsioneri xonadoniga mos kelmagani uchun qaytargan, ammo puli oʻz vaqtida ololmayotgani yuzasida murojaatni oʻrganib chiqdi. Oʻrganishlardan soʻng 4 mln soʻmga yaqin mablagʻ fuqaroga toʻliq undirib berilishi taʼminlandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid