platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari "Anqara Palas" muzeyi bilan tanishdilar

Muzey ekspozitsiyasida toʻqimachilik namunalari, chinni buyumlar, qoʻlyozmalar, diplomatik sovgʻalar, respublika asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning shaxsiy buyumlari, shuningdek, Usmoniylar va respublika davriga oid ashyolar mavjud. 

Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari "Anqara Palas" muzeyi bilan tanishdilar

Oʻzbekiston va Turkiya birinchi xonimlari "Anqara Palas" muzeyiga tashrif buyurdilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdogʻan bilan birgalikda "Anqara Palas" muzeyi bilan tanishdi.

Muzey ekspozitsiyasida toʻqimachilik namunalari, chinni buyumlar, qoʻlyozmalar, diplomatik sovgʻalar, respublika asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning shaxsiy buyumlari, shuningdek, Usmoniylar va respublika davriga oid ashyolar namoyish etilmoqda. Toʻplamda xalqlarimizning oʻzaro madaniy aloqalaridan yaqqol dalolat beruvchi Buxoro hunarmandlarining ijod namunalari alohida oʻrin egallagan.



Tashrif davomida mehmonlarga liboslar kolleksiyasi, anʼanaviy kashtachilik, sopol idishlarga naqsh chizish va qoʻgʻirchoq yasash jarayonlari namoyish etildi. Ziroat Mirziyoyeva madaniy merosni asrab-avaylash muhimligini taʼkidlab, turk xalqining ushbu vazifaga alohida eʼtibor bilan yondashishini qayd etdi.



Soʻngra ikki mamlakat Birinchi xonimlari maxsus marosimda ishtirok etdilar. Unda davlat rahbarlari Xatay viloyatida Oʻzbekiston tomonidan qurilgan turar joy majmuasini ochdilar, shuningdek, Istanbulda Oʻzbekistonning xorijdagi birinchi taʼlim muassasasi boʻladigan maktab qurilishiga start berdilar.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid