platina.uz
Jamiyat

Otabek Rahmonov bosh vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Bahodir Normurodov esa bosh prokurorning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Otabek Rahmonov bosh vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Otabek Turdimuhammadovich Rahmonov bosh vazirning Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Prezidentining farmoni bilan Bahodir Zokir oʻgʻli Normurodov bosh prokurorning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid