Jizzax viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Bahrom Yusupov hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻldi.

Jizzax viloyati hokimiga investitsiya va eksport yoʻnalishida yangi oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Jizzax viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Prezidentning 2025 yil 2 dekabrdagi viloyatga tashrifida investitsiya va eksport yoʻnalishlarida yangi tizim joriy qilish topshirigʻi berilgan edi.
Topshiriqqa muvofiq, viloyat hokimligining yangi tashkiliy tuzilmasiga koʻra:
Yusupov Bahrom Muzafarovich - Jizzax viloyati hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Egamov Bekzod Abduvaliyevich - Jizzax viloyati hokimining dasht va choʻl hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.