Buxoroda profilaktika inspektori choʻkayotgan ayolni qutqardi
Ayol suvga oʻzini tashlab, joniga qasd qilmoqchi boʻlgan. Ichki ishlar vaziri xodimni taqdirladi.

Buxoroda profilaktika inspektori choʻkayotgan ayolni qutqarib qoldi.
Joriy yilning 29 yanvar kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan profilaktika inspektori qahramonlik namunasini koʻrsatdi.
U daryoning muzdek suviga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan 4 nafar farzandning onasini soʻnggi soniyalarda qutqarib qoldi.
Vobkent tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi inspektori, kapitan Rasulov Amrillo Temir oʻgʻli taqdirlandi.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan kapitan Amrillo Rasulovga muddatidan oldin "mayor" maxsus unvoni berildi.