platina.uz
Jamiyat

"Uzum Market" nomidan odamlar nomiga kredit olgan bunker fosh etildi

Ular ajratilgan kredit va mikroqarz limitlarini toʻliq oʻzlashtirishgan.

"Uzum Market" nomidan odamlar nomiga kredit olgan bunker fosh etildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uy yertoʻlasida noqonuniy koll-markaz – kiberbunker faoliyati fosh etildi.

Aniqlanishicha, 1994 yilda tugʻilgan shaxs (oldin firibgarlik bilan 2 marta sudlangan) va uning sheriklari fuqarolarga qoʻngʻiroq qilib, "Uzum Market" yutuqli oʻyinida yutuq chiqqanini aytib, aldov yoʻli bilan kredit rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Jinoiy guruh aʼzolari oʻzlarini mazkur platforma aʼzosi sifatida roʻyxatdan oʻtkazgan, xaridorlar ishonmagan taqdirda eski buyumlarni ularga yetkazib berishlarini aytgan.

Bu yoʻl orqali jabrlanuvchilarning eʼtiborini chalgʻitib, ularga ajratilgan kredit va mikroqarz limitlarini toʻliq oʻzlashtirishgan. Pul oʻtgach, koʻp holatda mijozlar bilan aloqa uzilgan.

Tekshiruv davomida kiberbunkerning 16 nafar aʼzosi ushlangan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ular 50 nafar odamning 250 mln soʻmga yaqin pulini oʻzlashtirib olishgan.

Tezkor tadbir davomida 22 ta kompyuter, mobil telefonlar, sim kartalar, plastik kartalar va 2,5 mingdan ortiq fuqarolarning shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid