platina.uz
Jahon

Toʻqayev Qozogʻiston banklari orqali chiqib ketgan 14 mlrd dollar haqida gapirdi

Moliyaviy tashkilotlardan biri qoʻshni mamlakatdan kelgan 7 trillion tengedan ortiq (qariyb 14 milliard dollar) mablagʻni oʻzi orqali "aylantirgan". Qoʻshni davlat nomi ochiqlanmadi. 

Toʻqayev Qozogʻiston banklari orqali chiqib ketgan 14 mlrd dollar haqida gapirdi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Qozogʻiston banklaridan biri orqali taxminan 14 milliard dollar mablagʻ olib chiqib ketilganini maʼlum qildi.

Bu haqda u moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishga bagʻishlangan yigʻilishda aytib oʻtdi.

Moliyaviy tashkilot "qoʻshni mamlakatdan" kelgan 7 trillion tengedan ortiq (qariyb 14 milliard dollar) mablagʻni oʻz orqali "aylantirgan", dedi Toʻqayev. Prezident davlatni ham, bank nomini ham ochiqlamagan.

"Afsuski, firibgarlik moliyaviy sxemalari bilan bogʻliq bu kabi holatlar kam emas", — deya taʼkidladi prezident.

Bu bayonot oʻtgan yilning sentabr oyida Qozogʻistonda masofaviy tarzda bank kartalarini rasmiylashtirgan rossiyaliklarga nisbatan moliyaviy nazorat kuchaytirilgan bir paytda yangradi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu jinoyatlarga Rossiya fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamlari (IIN) olish va bank hisob raqamlari ochishda yordam bergan vositachilar aloqador boʻlishi mumkin.

Bu bayonot internetda qizgʻin muhokama mavzusiga aylandi. “Qaysi davlat? Qaysi bank?” degan gap-soʻzlar, taxminlar oʻrchidi. Koʻp oʻtmay Toʻqayevning oʻsha gaplari internet resurslaridan oʻchirila boshlandi, rasmiy xabar ham tahrirlandi.

Prezident matbuot kotibi esa ushbu shov-shuv fonida bugun ertalab isteʼfoga chiqarildi.

"14 mlrd dollar juda katta raqam, ayniqsa, AQSh va Yevropa Ittifoqining ikkilamchi sanksiyalari xavfi nuqtai nazaridan jiddiy qaraladi", deya fikr bildirgan tahlilchilar.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid