"Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qoʻlga olindi
Guruh aʼzolari fuqarolarni oʻldirib ketish bilan qoʻrqitib, qoʻrquv va beqarorlik muhitini yuzaga keltirgan.

Jizzaxda “Tayson” laqabli shaxs boshchiligidagi jinoiy guruh qoʻlga olindi.
Viloyat IIB, DXX kabi tuzilmalar hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Jizzax viloyatida “Tayson” laqabli shaxs boshchiligida koʻcha bezoriligi va tahdidlar bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Jinoiy guruhni 1986 yyilda tugʻilgan shaxs boshqargan.
Maʼlumotlarga koʻra, guruh aʼzolari fuqarolarni oʻldirib ketish bilan qoʻrqitib, mahallada qoʻrquv va beqarorlik muhitini yuzaga keltirgan.
Jumladan, ular 1993 yilda tugʻilgan mahalladoshini urib, jarohat yetkazishgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan JKning 277-moddasi bilan ish qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.
Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda haydovchilardan noqonuniy pul undirib kelgan jinoiy guruh aniqlangandi.
"Bichok" laqabli shaxs va uning sheriklari Damas haydovchisini urib, kalitni tortib olishgan, undan 810 dollar mablagʻ undirishgan.