platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari Keng qamrovli strategik sheriklik boʻyicha qarorni imzoladi

Bundan tashqari sogʻliqni saqlash, taʼlim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik, iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi. 

Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari Keng qamrovli strategik sheriklik boʻyicha qarorni imzoladi

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida oʻndan oshiq hujjatlar imzolandi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Qoʻshma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladilar.

Bundan tashqari, koʻp qirrali sheriklikning turli yoʻnalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolandi. Xususan:

– sogʻliqni saqlash, taʼlim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida;

– konchilik sanoatida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida;

– xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida;

– maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi toʻgʻrisida;

– migratsiyaga koʻmaklashish va fuqarolarni oʻz mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar;

– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2026-2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Oʻzbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi oʻrtasida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid