Oltin narxi mutlaq rekord qayd etdi
Oltin narxi bir unsiya uchun 5600 dollarga yaqinlashdi, ushbu metall bu yilning oʻzida 27 foizdan koʻproqqa qimmatlashdi. Yil boshida u qariyb 4 600 dollar edi.

Mutlaq rekord: bir unsiya uchun oltin narxi 5 600 dollarga yaqinlashdi, kumush 120 dollardan oshdi.
Oltin bu yilning oʻzida 27 foizdan koʻproqqa qimmatlashdi. Yil boshida u qariyb 4 600 dollar edi.
Oltin narxi 3 foizga oshib, bir unsiya uchun 5 560,07 dollarga yetdi. Kun davomida u rekord darajadagi 5 594,82 dollarni ham qayd etdi. Oltin ketma-ket toʻqqiz sessiya davomida tarixiy eng yuqori koʻrsatkichlarni yangilab kelmoqda.
Oltin narxi, kun boshida $5 594,82 rekord darajaga yetgach, 3% ga oshib, bir unsiya uchun $5 560,07 ni tashkil etdi. Metall ketma-ket toʻqqiz sessiya davomida tarixiy eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi.
“Geosiyosiy vaziyatning gʻalatiligi va AQShdagi siyosiy holatning ham ijobiy koʻrinmayotgani sababli oltin narxlari xavfsiz aktiv sifatidagi talab hisobiga oshmoqda. Federal rezerv tizimining mustaqilligi borasida xavotirlar mavjud. Bunday holat yuzaga kelganda, investorlarning moliyaviy tizimga boʻlgan ishonchi susayadi,” — dedi ANZ tahlilchisi Soni Kumari.
“AQSh davlat qarzining oʻsib borayotgani va global savdo tizimi AQSh markazli modeldan koʻra mintaqaviy bloklarga boʻlinib borayotgani haqidagi belgilar tufayli yuzaga kelgan noaniqlik investorlarni oltinga faol sarmoya kiritishga undamoqda,” — dedi Marex tahlilchisi Edvard Meyr.
Sariq metall 26 yanvar kuni ilk bor 5 000 dollardan oshdi va bu hafta boshidan buyon 10% dan koʻproq oʻsdi. Bunga xavfsiz aktiv sifatidagi kuchli talab, markaziy banklarning faol xaridlari hamda dollar kursining zaiflashuvi turtki boʻldi.
Oltin bu yilning oʻzida 27 foizdan koʻproq qimmatlashdi, 2025 yilda esa uning narxi 64 foizga oshgan edi.