platina.uz
Jamiyat

Fargʻona viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vaziri ayrim hududlarda jinoyatchilik koʻrsatkichlari yuqori ekani, mahallalarda ishni tashkil etishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganini tanqid qilgan.

Fargʻona viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Ayubxon Rahmatullayev Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor qidiruv departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan.

Viloyat hokimligida bugun Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, huquq-tartibot idoralari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Vazir viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish borasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilganini aytib, ayrim hududlarda jinoyatchilik koʻrsatkichlari yuqori ekani, mahallalarda ishni tashkil etishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganini tanqid qilgan.

Fargʻonaning avvalgi IIB boshligʻi Aziz Ikromov Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid