platina.uz
Iqtisod

AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan savdo cheklovini bekor qilishni qoʻllab-quvvatladi

Jekson-Venik tuzatishi 1974 yilda qabul qilingan. AQSh davlat kotibi Rubio uni "oʻtmish qoldigʻi" deb atadi. 

AQSh Markaziy Osiyoga nisbatan savdo cheklovini bekor qilishni qoʻllab-quvvatladi

Tramp maʼmuriyati AQShning Markaziy Osiyo respublikalari bilan savdosini cheklovchi Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Buni AQSh Davlat kotibi va Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Marko Rubio tasdiqladi.

"Biz rozimiz", dedi u AQSh Senatining Tashqi aloqalar qoʻmitasi tinglovida Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish imkoniyati va Vashingtonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari haqida fikr bildirar ekan.

"Menimcha, biz buni koʻrishni istaymiz. Chunki bu bizga (Markaziy Osiyo respublikalari bilan hamkorlikni kengaytirish uchun) yanada koʻproq ish qilish imkonini beradi", deb taʼkidladi AQSh Davlat kotibi.

Jekson-Venik tuzatishi AQShda 1974 yilda qabul qilingan. Unda ikki tomonlama savdoni normallashtirish Sovet Ittifoqidan yahudiylarning koʻchib kelishi masalasi bilan bogʻlangan. Rubio ilgari hujjatni "oʻtmishdagi davr qoldigʻi" deb atagan edi.

Davlat kotibiga bu mavzu boʻyicha savol bergan qonun chiqaruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini allaqachon tayyorlaganliklarini aniqladi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid