platina.uz
Iqtisod

Xitoy Oʻzbekistonda 500 mln dollarga qogʻoz ishlab chiqaruvchi korxona qurmoqchi

Xitoylik investorlar Samarqandga kelib, viloyat hokimi Adiz Boboyev bilan suhbatlashgan. Natijada 3 ming ish oʻrni yaratilishi mumkin. 

Xitoy Oʻzbekistonda 500 mln dollarga qogʻoz ishlab chiqaruvchi korxona qurmoqchi

Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda 500 million dollarga qogʻoz ishlab chiqaruvchi korxona quradi.

Xitoyning "Huanrong Paper" korxonasi Oʻzbekistonning Samarqand viloyatida, qiymati 500 million dollardan ortiq boʻlgan qogʻoz ishlab chiqarish korxonasini qurmoqchi.

Oʻtgan hafta xitoylik investorlar Samarqandga tashrif buyurib, viloyat hokimi Adiz Boboyev bilan suhbatlashgan.

Delegatsiya karton, ofis qogʻozi va qadoqlash materiallari ishlab chiqaradigan bino loyihasini taqdim etgan.

Loyiha 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, kompaniya uning tashkil etilishiga 500 million dollar ajratmoqchi. Loyiha 50 gektar yerni, jumladan, Xishrav-2 erkin iqtisodiy zonasini oʻz ichiga oladi.

Kompaniya 3000 ish oʻrni yaratishi, shuningdek, Oʻzbekiston byudjetiga yillik 50-60 million dollar soliq bilan foyda keltirishi kutilmoqda.

Hokim Boboyev tashkiliy va infratuzilma masalalalarida mahalliy hokimlik loyihani toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Xitoy kompaniyalari Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini jadal ravishda oshirib bormoqda. Oʻtgan yili sentabr oyida, Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov xitoylik investorlar bilan muloqot qilgan edi. Natijada tomonlar 550 million dollardan ortiq sarmoyani, qoʻshma innovatsiya markazi, hamda tamaki ishlab chiqarish zavodi tashkil etishga kelishib olishgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid