platina.uz
Siyosat

Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga boradi

Anqarada ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi rejalashtirilgan. 

Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 29 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Muzokaralarda Oʻzbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Siyosiy muloqotni rivojlantirish, tovar ayirboshlashni oshirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, faol madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari ham koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari qator qoʻshma tadbirlarda ishtirok etadilar.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid