Prezident Administratsiyasining ikki mansabdori IIVga oʻtdi
Rustam Mirzayev ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan Rustam Ravshanovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Diyorbek Nematjonovich Sattorov Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Azizxon Sharipxonovich Umarxonov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Azizxon Umarxonov Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.