Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori ishdan olindi
Ravshan Mamatov 27 yanvar kuni oʻtkazilgan Prezident selektorida ogohlantirilgandi.

Ravshan Mamatov ishdan olindi.
Prezidentining farmoni bilan Ravshan Mamadjanovich Mamatov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
27 yanvar kuni oʻtkazilgan majlisda Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari ogohlantirilgandi.
Ravshan Mamatov faoliyatida oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi aytilgandi.