Insoniyat "yadroviy yarim tun"ga rekord darajada yaqinlashdi
"Qiyomat soati" dunyodagi keskinlik darajasi va yadroviy qurol ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishini anglatadi.

"Qiyomat soati" deb ataluvchi ramziy soat 23 yanvar kuni toʻrt soniya oldinga siljidi. Endi insoniyatni "yadroviy yarim tun"dan ramziy ravishda 85 soniya ajratib turibdi.
Bu har qachongidan ham yaqinroq, dedi Chikago universiteti tomonidan nashr etiladigan "Atom olimlari byulleteni" jurnalining bosh direktori Aleksandra Bell.
"Insoniyat barchamizga tahdid soladigan ulkan xavflarni bartaraf etishda yetarlicha yutuqlarga erisha olmadi", dedi Bell oʻz nutqida.
"Atom olimlari byulleteni" har yili "Qiyomat soati" ni eʼlon qiladi. Oʻtgan yili soat bir soniya oldinga siljib, yarim tungacha 89 soniya qolgandi.
Bu anʼana 1947 yilda boshlangan. Soatda yarim tungacha qolgan vaqt dunyodagi keskinlik darajasini va yadroviy qurol ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishini anglatadi. Yarim tun yadroviy falokat lahzasini anglatadi.
Soat strelkalari 35 yil oldin falokatdan eng uzoqda edi - 1991 yilda ular yarim tungacha 17 daqiqa qolganini koʻrsatgan.