Ichki ishlar vaziriga ikkita birinchi oʻrinbosarlar tayinlandi
Ayubxon Rahmatullayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazirning birinchi oʻrinbosarligidan ketdi. Botir Qudratxoʻjayev va Rustam Joʻrayev vazirning birinchi oʻrinbosarlari etib tayinlandi.

Ichki ishlar vazirining ikki oʻrinbosari ishdan olindi.
Prezidentning tegishli qarorlari bilan:
Ayubxon Toshxoʻjayevich Rahmatullayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshligʻi lavozimidan ozod etildi;
Davron Abitovich Nazarmuhamedov Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi lavozimidan ozod etildi.
Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
Rustam Mirzayevich Joʻrayev ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimidan ozod etildi.