platina.uz
Jamiyat

Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlandi

U shu paytgacha Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi. 

Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Bahodir Hamidovich Toshmatov Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimga 2020 yilda tayinlangan.

Bahodir Toshmatov 1964 yilda tugʻilgan, Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini tamomlagan.

U 2008−2011 yillarda mudofaa vaziri oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari, 2011−2013 yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi boʻlib ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan, 2017 yilning avgustidan Milliy gvardiya qoʻmondoni boʻlgan.

Bahodir Toshmatov prezident Davlat xavfsizlik xizmatini ham boshqargan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid