platina.uz
Jamiyat

Andijonda narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs qamoqqa olindi

Narkolaboratoriyadan oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dorilar hamda narkotiklar tayyorlashda kerak boʻladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida aniqlangan. 

Andijonda narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs qamoqqa olindi

Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, Bojxona hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, mazkur tumanda yashovchi, 1988 y.t. shaxsning yonida boʻlgan

1 dona nomsiz sprey idishdagi nomaʼlum suyuqlik va 2 dona nomsiz dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, Xoʻjaobod tumanidagi unga tegishli xonadon koʻzdan kechirilganda, ushbu manzilda narkolaboratoriya tashkil etilganligi maʼlum boʻldi.

Narkolaboratoriyadan sprey idishlarda boʻlgan nomsiz suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda narkotiklar tayyorlashda kerak boʻladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu moddalar “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi hamda “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi hisoblanadi.

Hozirda narkolaboratoriya egasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid