platina.uz
Iqtisod

1 fevraldan "Tashabbusli byudjet"ning 10-mavsumi boshlanadi

Gʻolib loyihalar 21 mart — Navroʻz bayrami kuni eʼlon qilinadi. 

1 fevraldan "Tashabbusli byudjet"ning 10-mavsumi boshlanadi

“Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi boshlanadi.

Joriy yilning 1 fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon oʻtkazilayotgan oʻninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Bunda:

- 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritish;

- 21 fevraldan 7 martgacha loyihalarni saralash;

- 8–10 mart kunlari targʻibot bosqichi;

- 11–20 mart kunlari ovoz berish bosqichi;

- 21–31 mart kunlari qoʻshimcha gʻoliblarni eʼlon qilish bosqichi oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun, anʼanaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra gʻolib loyihalar 21 mart — Navroʻz bayrami kuni eʼlon qilinadi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid