platina.uz
Jamiyat

Toshkentda radikalchilar bilan alohida guruhlar ishlaydi

Maqsad – adashganni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish.

Toshkentda radikalchilar bilan alohida guruhlar ishlaydi

Toshkentning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi. Maqsad – adashganni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish.

Ushbu guruhlarga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti, Oʻzbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh aʼzolari moddiy ragʻbatlantiriladi.

"Yurtimizda eʼtiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bagʻrikenglik siyosati davom ettiriladi. Lekin bugun turli radikal va ekstremistik gʻoyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib boʻlmaydi", deyiladi prezident oʻtkazgan yigʻilishda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid