platina.uz
Siyosat

Toshkentda ikki soliq mansabdori ishdan olinadi

Shavkat Mirziyoyev ularning faoliyatini oʻrganish topshirigʻini berdi.

Toshkentda ikki soliq mansabdori ishdan olinadi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov va Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Hojiakbar Mullajonov ishdan olinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan yigʻilishda Soliq qoʻmitasi raisi Farrux Poʻlatovga ularning faoliyatini oʻrganishni topshirdi.

Bundan tashqari, davlat rahbari Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari boshliqlarini ishdan olib, vazifasini bajaruvchi qilib qoʻyishni topshirdi.

Qoʻmita raisi F.Poʻlatov va qoʻmitaga tayinlangan komplayens boʻyicha yangi oʻrinbosar A.Soliyevga korrupsiyaga murosasiz muhitni yaratish, Toshkent shahri soliq rahbarlarining lavozimga loyiqligini koʻrib chiqib, ularning oʻrnini vatanparvar, yangilikka intilib ishlaydigan shijoatli yoshlar bilan toʻldirish vazifasi qoʻyildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Gʻaniyev qoʻshtirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yoʻl koʻrsatib yurgani uchun uni bugunning oʻzida ishdan olish topshirildi.

A.Soliyev va Toshkent shahar hokimiga komplayens boʻyicha oʻrinbosar etib tayinlangan M.Mirhamidov poytaxtda yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz muhit yaratishga masʼul boʻlishi belgilandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid