Termiz tumani hokimi judolikka uchradi
Hokimning otasi, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati faxriysi Iskandar Qalandarov vafot etdi.

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati faxriysi Iskandar Qalandarov vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
U koʻp yillar davomida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida mehnat qilgan.
Iskandar Qalandarov 68 yoshni qarshilagandi.
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarovga otasining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.
Janoza namozi bugun, 27 yanvar kuni soat 16:00 da oʻqiladi. Manzil: Denov tumani Oybarak mahallasi.