platina.uz
Jamiyat

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan olindi

Bu haqda prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan olindi

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.Davlatimiz rahbari mavzuni davom ettirar ekan, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chorsu” bozorida toʻlov intizomi joyiga qoʻyilmagani, “Malika” savdo kompleksida esa ahvol bundan ham ayanchli ekanini koʻrsatib oʻtdi.

Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritsa-da, ularning faqat toʻrtdan biri roʻyxatdan oʻtgan, 25 foizi oyiga 1 million soʻm ham soliq toʻlamayapti. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 milliard soʻmlik savdo tushumi yashirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi budjet rejasini yaxshi ishlayotgan tadbirkorlarga ortiqcha toʻlov qildirish hisobidan bajarmoqda. Jumladan, 46,4 ming korxonadan 876 milliard soʻm ortiqcha toʻlov undirilgan.

Soliq qoʻmitasida qoʻshilgan qiymat soligʻidan sunʼiy ortiqcha toʻlov hosil qilish orqali uni budjetdan noqonuniy qoplash holatlari koʻpaygan. Oʻtgan yilda mazkur soliqni noqonuniy qaytarish boʻyicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mubin Mirzayev 2018 yil oxirida ushbu lavozimga tayinlangan. Ungacha Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari boʻlib ham ishlagan.

Avvalroq soliq tizimida katta tozalash boshlangani haqida xabar berilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid