Qizlarni xorijga gʻarazli niyatda joʻnatmoqchi boʻlgan guruh aniqlandi
Ular jabrlanuvchilarni Toshkentdan Bangkokka yuborayotganda ushlangan.

Toshkent aeroportida qizlarni xorijga gʻarazli niyatda joʻnatmoqchi boʻlgan guruh aʼzolari ushlandi.
IIV vva DXX hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda gumonlanuvchi ayol ikki qizni Toshkent-Bangkok yoʻnalishida joʻnatayotganda ushlangan. U chet eldagi tanishlari yordamida qizlarni klubga raqqosalikka joylashtirish va shu orqali daromad topishga undagan. Keyinchalik ular fohishalik bilan shugʻullanishi kerak boʻlgan.
Jarayonda ichki ishlar organlariga Marjona ismli shaxs murojaat qilgan va vaziyat haqida maʼlumot bergan.
Natijada qonunbuzar ayolning sherigi ham ushlangan.
"Hozirda Iroda va Jasmina ismli shaxslar ushlanib, JKning 135-moddasi boʻyicha ish ochilgan. Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergov olib borilmoqda", deyiladi xabarda.