Qashqadaryoda chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi
Bu haqda 26 yanvar kuni Xalq deputatlari viloyat kengashi qarori chiqdi. Yangi tariflar 15 kun oʻtib amal qiladi.

Qashqadaryo viloyatida chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar eʼlon qilindi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026 yil 26 yanvardagi qaroriga muvofiq, viloyatning tuman va shaharlarida (Qarshi shahridan tashqari) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha yangi toʻlov miqdorlari tasdiqlandi.
Unga koʻra, aholi uchun (jismoniy shaxslar) bir oylik xizmat narxi 6 ming 932 soʻm (QQS bbilan).
Tashkilotlar uchun (yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar) 96 628 ming soʻm.
Mazkur qaror eʼlon qilingandan 15 kun oʻtib kuchga kirishi belgilangan.
Xorazmda chiqindi olib ketish tariflari oshishi maʼlum boʻlgandi.
