platina.uz
Jamiyat

Poytaxtdagi profilaktika xodimlariga staji uchun ustama toʻlanadi

Poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik toʻlov 1,8 million soʻmdan 3,1 million soʻmga oshiriladi. 

Poytaxtdagi profilaktika xodimlariga staji uchun ustama toʻlanadi

Kadrlar qoʻnimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni ragʻbatlantirish doimiy eʼtiborda boʻlishi taʼkidlandi.

Ichki ishlar vazirligi milliardlab pullarni faqat qurilish va texnika uchun soʻrayotgani, lekin pastdagi xodimlarni dardini koʻtarib chiqmayotgani qayd etildi.

Yuzdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar oʻtkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari toʻplanib qolgani maʼlum boʻldi.

Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obroʻsini oshirish boʻyicha qator yangiliklar eʼlon qilindi.

Jumladan, joriy yil 1 iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada koʻp yillik staji uchun 5 million soʻmgacha oylik ustama beriladi.

Shu yil 1 fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda oʻqigan davri ham stajga qoʻshiladi.

Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik toʻlov 1,8 million soʻmdan 3,1 million soʻmga oshiriladi.

Shuningdek, 1 fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid