platina.uz
Jamiyat

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari ogohlantirildi

Ravshan Mamatov faoliyatida oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqiladi. Agentlik faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolgan. 

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari ogohlantirildi

Shaharda jinoyatchilardan olib qoʻyilgan sintetik moddalar soʻnggi besh yilda 11 karra oshgan.

Sintetik narkotiklarning 95 foizi internet orqali tarqatilib, toʻlov kriptovalyutada boʻlayotgani, narkolaboratoriyalar mamlakat ichida ochilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, qonunchilikda davlat organlarining bu boradagi vazifalari ham aniq koʻrsatilmagan. Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.

Endilikda agentlikning masʼuliyati kuchaytirilib, unga mutasaddi idoralar ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baho berish vakolati beriladi. Agentlik barcha kuch va vositalarga ega boʻladi.

Agentlik rahbari R.Mamatov faoliyatida oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

1999 yilda qabul qilingan narkotiklar haqidagi qonunni yangidan ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid