platina.uz
Jamiyat

Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarni yangi tizimga oʻtkazish boʻyicha farmon loyihasi ishlab chiqiladi

Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yoʻl-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qoʻriqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda. 

Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarni yangi tizimga oʻtkazish boʻyicha farmon loyihasi ishlab chiqiladi

Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini taʼkidladi.

Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yoʻl-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qoʻriqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda.

Shuning uchun ham chorrahada turgan yoʻl-patrul xodimi janjallashayotgan ikki odamni ajratishni oʻz xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qoʻriqlash xizmati xodimining esa binodan tashqarida taqiqlash belgisi ostida qoldirib ketilgan mashina bilan ishi yoʻq. Patrul-post mashinasida xizmat oʻtayotgan xodim svetofor ishlamayotgan chorrahadan oddiy haydovchilar qatorida befarq oʻtib ketadi.

“Ilgʻor tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida ishlaydi, politsiya “Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi” degan gapni aytmaydi.

Har bir holatga “labbay” deb javob bergani uchun ham aholi ularni himoyachisi deb biladi”, – dedi Prezidentimiz.

Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga oʻtkazish boʻyicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.

Ushbu boʻlinmalar uchun xizmatni oʻtash, muomala madaniyati, tezkor harakatlanish, kuch va qurol ishlatish boʻyicha yagona standartlar joriy etilib, ular servis tuzilmaga aylanishi belgilandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid