platina.uz
Jamiyat

Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga masʼul oʻrinbosari natija koʻrsatmayapti — Prezident

Zufar Qurbonov mazkur lavozimga tayinlaganiga ikki yildan oshgan. 

Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga masʼul oʻrinbosari natija koʻrsatmayapti — Prezident

Yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Oʻtgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shaharda jami 774 ta yongʻin yuz bergan.

Bozorlarni raqamlashtirish juda sustligi, hozircha faqat “Chorsu” va “Farhod” bozorlarida situatsion markaz tashkil qilingani qayd etildi.

Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga masʼul oʻrinbosari Z.Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oshgani, lekin tizimni raqamlashtirish boʻyicha hali sezilarli natija koʻrinmayotgani tanqid qilindi.

Shu va boshqa tizimli muammo hamda kamchiliklar birinchi navbatda rahbarlarning aybi ekani taʼkidlandi.

Shu bois, bunga masʼul vazir oʻrinbosari B.Abdullayev va respublika profilaktika boshligʻi X.Qodirov ishdan olingan edi.

Prezident avval poytaxt huquq-tartibot idoralari rahbarlarini jiddiy tanqid qilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid