platina.uz
Jamiyat

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov ishdan olindi

Agentlik mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard soʻmlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard soʻmga sotib yuborgan. 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov ishdan olindi

Davlatimiz rahbari hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard soʻmlik talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.

Misol uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard soʻmlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard soʻmga sotib yuborgan.

Shu bois, kecha agentlik direktori A.Ortiqov ishdan olindi.

“Haqli savol tugʻiladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan boʻlsa, xavfsizlik masalalari uchun masʼullar qayerga qaragan?” – dedi Prezidentimiz.

DXX raisiga “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun masʼul xodimlarining javobgarligini koʻrib chiqish topshirildi.

Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga masʼul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.

“Sotilgan davlat mulklari boʻyicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini taʼminlasin”, – dedi davlatimiz rahbari.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid