platina.uz
Jamiyat

Andijonda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori ushlandi

U fuqaroni ishga kiritib qoʻyish evaziga 1800 AQSh dollari talab qilgan. 

Andijonda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori ushlandi

Andijonda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori qoʻlga olindi.

Andijon viloyati Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirgan. U mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1800 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor soʻralgan pul mablagʻini tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazmda zoʻravon jinoiy guruhning faoliyatiga chek qoʻyilgandi.

Shuningdek, Denov shahrida esa xorijlik shaxsni tutqinlikda ushlab turgan fuqaro aniqlandi

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid