platina.uz
Jamiyat

Ushbu haftada harorat pasayib, qor yogʻishi kutiladi

27-28 yanvar kunlari Rossiya hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi. 

Ushbu haftada harorat pasayib, qor yogʻishi kutiladi

Ushbu haftada Oʻzbekistonda biroz sovuq va nam havo kuzatiladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar berdi.

Bugun Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin.

Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.

27-28 yanvar kunlari Rossiya hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo masslari kirib keladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻladi. 29-30 yanvar kunlari esa havo massalari sharqqa tomon siljiydi, respublikaning markaziy va sharqiy hududlari boʻyicha baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin.

Toshkentda: bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi 7-9 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. 28-29 yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. 29 yanvarga kelib, harorat kechalari 1-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid