Toshkentda nufuzli sport tashkilotlari ishtirokida anjumanlar oʻtkaziladi
Tadbirlarda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston yirik xalqaro tadbirlar mezboniga aylanib, dunyo sport hamjamiyatining diqqat markazidan joy olmoqda.
24–27 yanvar kunlari Toshkent shahrida sport olamining eng nufuzli tashkilotlari ishtirokida qator tadbirlar oʻtkaziladi:
- Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Byuro Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi;
- Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) 46-Bosh Assambleyasi;
-Jahon antidoping agentligi (WADA) ning global boshqaruvni kuchaytirish va mintaqaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro forumi.
Toshkentga 360 nafardan ortiq martabali mehmonlar tashrif buyuradi. Ular orasida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi va Osiyo Olimpiya Kengashi rahbarlari, Osiyodagi 45 ta davlat Milliy Olimpiya qoʻmitalari hamda sport federatsiyalari yetakchilari bor.
Mazkur tadbirlarda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi kutilyapti.
Ushbu anjumanlar Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash bilan birga, madaniyatlararo muloqot va sport diplomatiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.