platina.uz
Jamiyat

Prezident Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktorini taqdirladi

Oʻzbekiston xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi. 

Prezident Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktorini taqdirladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va tashkilot Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Osiyo Olimpiya kengashining yangi saylangan prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy davlatimiz rahbariga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatimiz yetakchisi Oʻzbekistonga xalqaro sport harakatining ishonchli hamkori sifatida yuksak ishonch bildirilib, tashkilot assambleyasini Toshkentda oʻtkazishga qaror qilingani uchun minnatdorlik izhor etdi.

Sportni rivojlantirish “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy natijalarga erishishga qaratilgan qoʻshma dastur hamda tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.

Tadbir yakunida Prezident sportni rivojlantirish va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori, Butunjahon suv sporti federatsiyasi prezidenti Husayn al-Musallamga Oʻzbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Doʻstlik” ordenini topshirdi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid