platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 6 mln 376 ming soʻmni tashkil etdi

Hududlar kesimida oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (10 mln 753 ming), Navoiy (7 mln 871 ming) viloyatida qayd etilgan. 

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 6 mln 376 ming soʻmni tashkil etdi

2025 yilda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 6 mln 376 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga oʻsdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (10 mln 753 ming), Navoiy (7 mln 871 ming) va Toshkent viloyatida (5 mln 967 ming), eng kam miqdori esa Qashqadaryo (4 mln 476 ming), Surxondaryo (4 mln 481 ming) va Fargʻona (4 mln 730 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Oylik maoshlarning eng yuqori oʻsishi Namangan (+22,8 foiz), Sirdaryo (+20,8 foiz) va Jizzax (+20,7 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobotga koʻra, sohalar kesimida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori:

-bank, sugʻurta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida – 17 mln 597 ming soʻm;

- axborot va aloqa sohasida – 15 mln 298 ming soʻm;

-tashish va saqlash sohasida – 9 mln 659 ming soʻm;

-sanoat sohasida – 7 mln 525 ming soʻm;

-savdo sohasida – 6 mln 961 ming soʻm;

-qurilish sohasida – 6 mln 548 ming soʻm;

-sanʼat, koʻngil ochish va dam olish sohasida – 5 mln 448 ming soʻm;

-yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 5 mln 90 ming soʻm;

-taʼlim sohasida – 4 mln 372 ming soʻm;

-sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 3 mln 909 ming soʻm.

Taʼlim sohasida oʻrtacha oylik ish haqi 4 mln 372 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, uning tarkibi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi oliy taʼlim sohasida 10 mln 159 ming soʻmni, texnik va professional taʼlim sohasida 4 mln 422 ming soʻmni, umumiy oʻrta taʼlim sohasida 4 mln 278 ming soʻmni, maktabgacha taʼlim sohasida esa 2 mln 868 ming soʻmni tashkil etgan.

Oktabrda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh miqdori 6,1 mln soʻmga yetgani xabar qilingandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid