Odilxon qori Yunusxon oʻgʻli hibsga olindi
U juda koʻp miqdorda pul oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, soxta tadbirkorlik va boshqalarda ayblangan. Mazkur jinoyat ishi boʻyicha sud majlisi 2026 yil 28 yanvar kuniga tayinlangan.

Toshkentdagi "Shayx Zayniddin" jome masjidining sobiq imomi Odilxon qori Ismoilov (Yunusxon oʻgʻli) hibsga olindi.
U BAAga chiqib ketgani sababli eʼlon qilingan qidiruvdan soʻng qoʻlga olingan. Ayni paytda u Namangan viloyati Pop tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanmoqda.
Pop tuman sudi tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Odilxon qori Ismoilov va yana bir nechta shaxs iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda.
Odilxon Yunusxon oʻgʻliga nisbatan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblov eʼlon qilingan:
-167-modda 3-qismi «a», «v» bandlari: Juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish.
-179-modda: Soxta tadbirkorlik.
-184-modda 3-qismi: Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash.
-209-modda 2-qismi: Mansab soxtakorligi.
227 va 228-moddalar: Hujjatlar, muhr va shtamplarni qalbakilashtirish, egallash yoki yoʻq qilish.
Ushbu jinoyat ishi doirasida yana bir necha shaxslar sudlanmoqda. Jumladan:
T.A. Barotov va Sh.A. Xasanov: Ular ham 167-modda (oʻzlashtirish), 209-modda (mansab soxtakorligi) va 227-modda (hujjatlarni yashirish) boʻyicha ayblanmoqda.
Shuningdek, ishda Z.Sh. Qamchinbekov, K.K. Kurbanov va A.K. Muxamedyarov kabi shaxslar ham ishtirokchi sifatida qayd etilgan.
Qamchinnbekov Zokirjon (167-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 167-modda 3-qismi a-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 184-modda 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 189-modda 1-qismi (Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 209-modda 2-qismi a-bandi (Mansab soxtakorligi), 227-modda 2-qismi a-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 2-qismi a-bandi, b-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-modda 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish));
Qurbonov Qodir (167-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 167-modda 3-qismi a-bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 184-modda 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 189-modda 1-qismi (Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 209-modda 2-qismi a-bandi (Mansab soxtakorligi), 227-modda 2-qismi a-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 2-qismi a-bandi, b-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-modda 2-qismi b-bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-modda 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish));
Mazkur jinoyat ishi boʻyicha sud majlisi 2026 yil 28 yanvar kuniga tayinlangan. Ishni Pop tuman sudi koʻrib chiqadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, ayblanuvchilar yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplagan taqdirda, jazo choralari yengillashtirilishi mumkin.