platina.uz
Jamiyat

Fransiya Oʻzbekistonda onkologiya markazi ochadi

2030 yilgacha 100 nafar oʻzbekistonlik jarroh xalqaro standartlar asosida Fransiyaning yetakchi tibbiyot markazlarida tayyorlanadi. 

Fransiya Oʻzbekistonda onkologiya markazi ochadi

Oʻzbekistonda Fransiya brendi ostida onkologiya markazi ochiladi, yuzlab jarrohlar xalqaro tayyorgarlikdan oʻtadi.

Mazkur loyiha doirasida mahalliy shifokorlarni oʻqitish, klinik protokollarni joriy etish va nogironlar uchun reabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Toshkentda Gustav Roussi International brendi ostida onkologiya markazi ochiladi. Shuningdek, 2030 yilgacha 100 nafar oʻzbekistonlik jarroh xalqaro standartlar asosida Fransiyaning yetakchi tibbiyot markazlarida tayyorlanadi.

“Dunyo” agentligining xabar berishicha, Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov boshchiligidagi delegatsiya Parijdagi French Healthcare & Business Forum tibbiyot forumida ishtirok etgan vaqtida bir qator masalalar boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Gustave Rousse onkologiya markazi bosh direktori Fabrice Barlezi bilan Toshkentda xalqaro markaz tashkil etish boʻyicha litsenziya shartnomasi imzolandi.

Mazkur markaz onkologik kasalliklarni davolash bilan shugʻullanadi, milliy onkologiya amaliyotida xalqaro klinik protokollarni joriy qiladi va mahalliy shifokorlar Fransiyada malaka oshiradi.

Fransiya Bosh vaziri huzuridagi nogironlik masalalari boʻyicha idoralararo markazning bosh kotibi Selin Pule bilan uchrashuvda tomonlar nogiron shaxslar uchun psixologik va tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirish hamda ijtimoiy xodimlarni malaka oshirish va tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishdi.

Shuningdek, 2026 yil mart oyida birinchi besh nafar oʻzbekistonlik koʻkrak bezi saratoni boʻyicha mutaxassislar Strasburgdagi Pol Shtraus markazida bir oylik stajirovkadan oʻtadi.

Oldinroq xabar berilganidek, oʻzbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada ham bepul stajirovkadan oʻtadilar.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid