Sea Breeze: jamoatchilik eshituvi qanday oʻtdi?
Platina.uz muxbiri ushbu loyiha boʻyicha jamoatchilik eshituvida qatnashib, masʼullarga murojaat qildi.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Chorvoq suv ombori qirgʻogʻida barpo etilishi rejalashtirilgan Sea Breeze Uzbekistan xalqaro sayyohlik markazi loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
Tadbir loyihaning atrof-muhitga taʼsirini baholash jarayoni doirasida uyushtirilib, unda mahalliy aholi, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, ekologlar, mutaxassislar hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etdi.
Loyiha Chorvoq suv ombori va hududdagi suv oqimlariga tozalanmagan oqava suvlarni chiqarishning oldini olish, markazlashgan kanalizatsiya tizimini yaratish, bosqichma-bosqich amalga oshirish va ekologik monitoring orqali ekotizimlarga tushadigan yuklamani kamaytirish, shuningdek, milliy va xalqaro ekologik standartlarga qatʼiy rioya qilishga qaratilgan.
Jamoatchilik eshituvida Sea Breeze Uzbekistan bosh direktori Sardor Hamidov loyiha taqdimoti bilan chiqib, kurort konsepsiyasi, ekologik xavfsizlik choralari va mintaqa uchun ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tushuntirdi hamda barcha savol va takliflar hisobga olinishiga ishontirdi.
Batafsil yuqoridagi reportajda.