platina.uz
Jamiyat

"Oʻzbekneftgaz" sobiq rahbari qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi

Platina.uz ushbu maʼlumotga oydinlik kiritish uchun masʼullar bilan bogʻlandi.

"Oʻzbekneftgaz" sobiq rahbari qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi

Ayrim manbalarda "Oʻzbekneftgaz" AJ sobiq rahbari Bahodir Siddiqov va uning oʻrinbosari qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Tarqalgan xabarlarga koʻra, Bahodir Siddiqov davlat mablagʻlarini talon-toroj qilish va korrupsiyaga oid ayblovlar bilan hibsga olingan. U bilan birga kompaniyaning yana bir necha sobiq rahbar xodimlari ham ushlangan.

Platina.uz ushbu maʼlumotga oydinlik kiritish uchun masʼullar bilan bogʻlandi. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov bu boʻyicha maʼlumotga ega emasligini, yangilik boʻlsa, xabar berishini bildirdi.

"Oʻzbekneftgaz" AJ axbrot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov esa ular ishdan boʻshagani, shuning uchun bexabar ekanini aytdi.

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmadi.

Sobiq rahbariyatni qoʻlga olish ular ishdan boʻshagan kundan bir oy oʻtib yuz bergani aytilmoqda. Hozircha bu haqda rasmiy xabar berilmadi.

Bahodir Siddiqov 2025 yil dekabrda lavozimidan ketgandi, u 2023 yildan beri kompaniyani boshqarib kelayotgan edi. Uning oʻrniga "Oʻzbekgidroenergo" AJ raisi Abdugʻani Sanginov tayinlangan.

Tarmoqda tarqalgan yana bir maʼlumotga koʻra, "Oʻzbekneftgaz" dekabrda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma orqali yangi "Taxoe" avtomobili sotib olgan. Shartnomada Bahodir Siddiqov nomi yozilgan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid