platina.uz
Jamiyat

Sergelida qurol savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs ushlandi

Qidiruv ishlari davomida undan 17 xil turdagi turli pnevmatik qurollar topilib, musodara qilindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv boshlangan. 

Sergelida qurol savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs ushlandi

Sergeli tumanida noqonuniy qurol savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs aniqlandi.

Natijada qurolning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari DXX bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbirlar oʻtkazdi. Tadbirlar davomida Sergeli tumanida yashovchi shaxs ushlandi.

U gaz pistolet va unga moʻljallangan gaz ballonlari hamda bitta uzun oʻqli pnevmatik miltiqni 2000 AQSh dollariga noqonuniy sotmoqchi boʻlgan. Qidiruv ishlari davomida undan yana 17 xil turdagi turli pnevmatik qurollar topilib, musodara qilindi. Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro uyida hujjatsiz ov miltiqi saqlayotgani aniqlandi. Erkak miltiqni ariqdan topganini, lekin uni huquq-tartibot organlariga topshirmaganligini aytdi.

Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi" moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Uchinchi holatda esa, Uchtepa tumanida vafot etgan qarindoshining uyida taʼmir ishlarini olib borayotgan erkak 200 dona jangovar patron topdi. Shundan soʻng u patronlarni ichki ishlar organlari xodimlariga ixtiyoriy ravishda topshirdi. Patronlar ekspertizaga yuborildi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid